O‘lim holati

Assalomu alaykum! Bir kuni menga “O‘lim oson bo‘ladimi yoki qiyin azoblimi?” deb savol berib qolishdi. Men “bilmasam menimcha insonning o‘ziga bog‘liq. Yaxshi inson oson o‘lim topsa kerak, yomon bo‘lsa qiynalsa kerak” dedim. Aslida qanday bu haqida hadis yoki oyatlar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : ( إِذَا حُضِرَ الْمُؤْمِنُ أَتَتْهُ مَلائِكَةُ الرَّحْمَةِ بِحَرِيرَةٍ بَيْضَاءَ فَيَقُولُونَ اخْرُجِي رَاضِيَةً مَرْضِيًّا عَنْكِ إِلَى رَوْحِ اللَّهِ وَرَيْحَانٍ وَرَبٍّ غَيْرِ غَضْبَانَ فَتَخْرُجُ كَأَطْيَبِ رِيحِ الْمِسْكِ حَتَّى أَنَّهُ لَيُنَاوِلُهُ بَعْضُهُمْ بَعْضًا حَتَّى يَأْتُونَ بِهِ بَابَ السَّمَاءِ فَيَقُولُونَ مَا أَطْيَبَ هَذِهِ الرِّيحَ الَّتِي جَاءَتْكُمْ مِنْ الأَرْضِ فَيَأْتُونَ بِهِ أَرْوَاحَ الْمُؤْمِنِينَ فَلَهُمْ أَشَدُّ فَرَحًا بِهِ مِنْ أَحَدِكُمْ بِغَائِبِهِ يَقْدَمُ عَلَيْهِ فَيَسْأَلُونَهُ مَاذَا فَعَلَ فُلانٌ مَاذَا فَعَلَ فُلانٌ فَيَقُولُونَ: دَعُوهُ فَإِنَّهُ كَانَ فِي غَمِّ الدُّنْيَا. فَإِذَا قَالَ: أَمَا أَتَاكُمْ ؟ قَالُوا: ذُهِبَ بِهِ إِلَى أُمِّهِ الْهَاوِيَةِ. وَإِنَّ الْكَافِرَ إِذَا احْتُضِرَ أَتَتْهُ مَلائِكَةُ الْعَذَابِ بِمِسْحٍ ـ كساء من شعر ـ فَيَقُولُونَ : اخْرُجِي سَاخِطَةً مَسْخُوطًا عَلَيْكِ إِلَى عَذَابِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ فَتَخْرُجُ كَأَنْتَنِ رِيحِ جِيفَةٍ حَتَّى يَأْتُونَ بِهِ بَابَ الأَرْضِ فَيَقُولُونَ مَا أَنْتَنَ هَذِهِ الرِّيحَ حَتَّى يَأْتُونَ بِهِ أَرْوَاحَ الْكُفَّارِ) رواه النسائي Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Mo‘min kishiga o‘lim hozir bo‘lganda rahmat farishtalari oppoq ipak keltirib, “Rozi bo‘lgan va sendan ham rozi bo‘lingan holingda Allohning rahmati va rayhoniga chiq. G‘azab qilmagan robbing huzuriga chiq” deydilar. Ruh mushkning eng xushbo‘yi kabi chiqadi. Farishtalar uni qo‘lma-qo‘l qilib osmon eshigi oldiga keltirishadi. U erdagilar erdani kelgan bu ruh qanday ham xushbo‘y deyishadi va mo‘minlarning ruhlari huzuriga keltirishadi. Shunda mo‘minlarning ruhlari sizlarning g‘oyib kishingiz kelganidanda ko‘ra ko‘proq xursand bo‘lishadi va “Falonchi nima qildi, falonchi nima qildi” deb (tiriklar haqida) so‘rashadi. “(Ba’zilar) Uni tek qo‘yinglar, chunki u dunyoda g‘amga botgan edi” deydi. (Yangi ruh) “Falonchi huzuringizga kelmadimi” deganida ular, “Uni do‘zaxga olib ketilibdida” deyishadi. Kofirga o‘lim hozir bo‘lganida azob farishtalari mish(jundan qilingan mato) keltirib, “G‘azabli va senga ham g‘azab qilingan holingda Alloh azza va jallaning azobiga chiq” deyishadi. Ruh o‘limtikning eng badbo‘y xidi kabi chiqadi. Uni er darvozasiga keltirilganda “Qanday ham badbo‘y bu xid” deyishadi va kofirlarning ruhi yoniga keltirishadi” dedilar". Nasoiy rivoyati. Tiriklarning amallari o‘liklarga ham ko‘rsatiladi. Abu Dardo : "Ey Allohim men sendan Abdulloh ibn Ravohaning huzurida meni sharmanda qiladigan amal qilishimdan panoh so‘rayman" der edilar. Kishining ko‘milgan joyini bir-biridan uzoq yoki yaqin bo‘lishining farqi yo‘q. Amallariga qarab ruhlar o‘z manzillariga joylashtiriladi.   Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar