Sharob haqida ma’lumot

Assalomu alaykum! Shayx Hazratlarining «Ochiq xat» kitoblarini o‘qib bir savol paydo bo‘ldi. 58-betdan iqtibos «…Alloh O‘zi u zotni taomlantirib, sharob bilan serob qilib turishini aytdilar» Savol; Sharob deganda nima nazarda tutilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arab tilida har qanday ichiladigan narsani “sharob” deyiladi. Hadis va oyatlardagi sharobni, harom ichimlik deb tushunib olish noto‘g‘ridir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 172 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar