Yanqinlik qilish duosi
Assalomu alaykum hurmatli aziz Ustozlar! Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar biringiz o‘z ahliga yaqinlik qilishni iroda qilgan paytida, «Bismillahi. Ey, bor Xudoyo, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytondan bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin», desa, albatta, agar o‘shandan ularga farzand beriladigan bo‘lsa, unga shayton abadiy zarar etkaza olmaydi», dedilar». Beshovlari rivoyat qildilar. Hurmatli Ustozlar, iltimos, ushbu hadisdagi duoning arabcha shaklini aytib bersangiz, yodlab olsam degan edim. Javobingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رضي الله عنه ، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: لَوْ أَنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا أَرَادَ أَنْ يَأْتِيَ أَهْلَهُ قَالَ: بِاسْمِ اللهِ، اللَّهُمَّ جَنِّبْنَا الشَّيْطَانَ وَجَنِّبِ الشَّيْطَانَ مَا رَزَقْتَنَا، فَإِنَّهُ إِنْ يُقَدَّرْ بَيْنَهُمَا وَلَدٌ فِي ذَلِكَ لَمْ يَضُرَّهُ شَيْطَانٌ أَبَدًا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Agar birortangiz o‘z ahliga yaqinlik qilishni iroda etgan paytida «Bismillahi. Allohumma! Jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona maa rozaqtana», desa, albatta, agar o‘shandan ularga farzand beriladigan bo‘lsa, unga shayton hech qachon zarar etkaza olmaydi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qildilar.
Duoning ma’nosi: «Allohning nomi bilan. Allohim, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytonni bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin».
Jufti haloliga jinsiy yaqinlik qilayotgan kishi ushbu duoni o‘qishi lozim. O‘shanda shaytonning sharridan saqlangan bo‘ladi. Mabodo, o‘sha yaqinlikdan oralarida farzand paydo bo‘lsa, u bolaga hech qachon shayton zarar etkaza olmaydi.("Baxtiyor oila" kitobidan). Vallohu a’lam.
1 May 2022, 19:02 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar