Birovning omonatini boshqaga berish sharti

Assalomu alaykum! Korxonamizning yaxshi ishlagan mijozlarini taqdirlash maqsadida 2019 yilni iyul’ oyida ishchilarimiz bilan birga (chamasi jami 50-60 kishi) 2 kunga ijaraga joy olib tadbir uyushtirildi. Ushbu tadbir tugaganida xodimlarimiz tomonidan ko‘zoynik topib olinib, korxona raxbari sifatida ushbu omonat menga topshirildi. Egasini topish uchun xarakat qilindi, lekin egasi chiqmadi. Qiymati 2 mln.so‘m atrofida bo‘lishi mumkin. Ushbu ko‘zoynakni boshqa birovga berib yuborish sharti shariatda qanday bo‘ladi (xodimlar orasida so‘rayotganlar bor edi) ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa savob umid qilmasdan egasining nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Topilmasa, u Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi va qiyomat kuni egasi so‘raganida beriladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar