G‘iybat emasmi
Assalomu alaykum! (Masalan) Biror ziyofatga borgan odam u erda bo‘lmagan boshqa birovga ziyofatda bo‘lgan narsalarni ( ro‘y-rost, yolg‘on aralashtirmasdan) aytib bersa, g‘iybatga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! G‘iybatga kiradi. Chunki bizning ziyofatlar nafaqat taom eyish, balki yolg‘on va g‘iybatlar ham aralashgan bo‘ladi. Hatto taomini eb turib ziyofat egasini g‘iybat qiluvchilar ham bor ekan. Qulog‘i og‘irroq bir ayol ziyofat qilib mahallaning ayollarini duosini olish uchun chaqiribdi. Har kirganida salom-alik qilib yaxshi o‘tiribsizlarmi deb mulozamat qilibdi. Mehmonlar esa qulog‘i eshitmaydi deb har kirganida “Ha garange kel-kel” deb bir-biriga qarab kulishar ekan. Ziyofat oxirlaganda xonadon sohibasi otin oyidan farzandining haqqiga duo qilishini so‘rabdi. Otin oyi hayron bo‘lib “Tinchlikmi o‘zi, salomatligi yaxshimi” deb so‘rabdi. Uy sohibasi “O‘g‘lim Rossiyadan quloqqa taqib eshitadigan uskuna olib kelib berdi” debdi. G‘iybatini qilgan ayollar o‘ta sharmandalik holatiga tushib qolishibdi. Siz bilan bizni ham qiyomat kuni bo‘lib hamma sirlar oshkor qilinganida o‘sha ayollar kabi bo‘lib qolishimizdan Alloh asrasin. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 137 | Islam