Maniy va maziy haqida

Assalamu alaykum! 1) Iltimos maniy va maziy haqida ma’lumot bersangizlar. Boshqa jins vakillari bilan muloqot qilsam qandaydur tomchi tommoqda, bu maniymi yo maziymi? 2). Maniy va maziy tomgan kiyimda namoz o‘qisa bo‘ladimi? 3). Qaysi birida tahorat qaysi birida g‘usl qilish kerak? Iltimos sizlardan yordam beringlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir. Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi. «Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik. (Kifoya). Maniy va maziy tomgan kiyimning tomchi miqdoriga qaraladi, agar maniy to‘rt gramm miqdoricha bo‘lsa, maziy esa kaftni tekislab, ichiga suv quyilganda qancha joyni egallagancha joyga tarqagan bo‘lsa u kiyimda namoz o‘qish makruhi taxrimiy bo‘ladi. Undan oshsa namoz o‘qish joiz bo‘lmaydi. Undan kam bo‘lsa makruhi tanzihiy bo‘ladi. 3-Maniyda qusl, maziyda tahorat vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam.

20 Aprel 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 242 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar