Aroq

Xurmatli Shayx xazratlari meni uzoq tanishimni aroq do‘koni bor, men iltimos qilsam aroqni narxini qisman pasaytirib beradi. Boshqa tanishim ushbu aroqni narxini pasaytirishga yordam ber deb menga iltimos qilyapti. Men aroq narxini pasaytirishga yordam bermasam u barbir boshqa do‘kondan aroq sotib oladi faqat sal qimatroqqa. Men aroq narxini pasaytirishga yordam bersam meni xukumim qanday?Narxini pasaytirganim uchun xech qanday manfaatga ega emasman. Aroqni tanishim to‘yiga sotib olmoqchi. Oldindan raxmat Sizga xazrat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar shu ishni qilsangiz, aroq haqida la’natga qoladigan toifalardan bo‘lasiz. Bu ishni mutlaqo qilib bo‘lmaydi. O‘sha sizdan yordam so‘raganni ham bu ishdan qaytaring. To‘yda ham, boshqa vaqtda ham aroq olmasin. Do‘koni bor odam ham aroq sotishni tashlasin. Halol narsalarni sotsin.

2 May 2022, 16:07 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar