Bu kitoblarni nima qilay?

Assalomu alaykum Hazrat.Alloh sizdan rozi bo‘lsin!Hazrat men zalolat davrimda, qo‘shnimizning uyiga uning xolasi davlatga qarashli kollejning kutubxonasidagi kitoblarini, kollejda ta’mirlash bo‘layotganligi sabab olib kelgan edi. Men o‘shanda o‘zim istagan kitoblarni qo‘shnimdan arzon narxga sotib olgan edim. Qo‘shnim ham o‘z xohishi bilan sotgan ammo bu kitoblar davlatning mulki-ku. Hazrat bu kitoblar menda hali ham bor, shularni nima qilsam bu kitoblarni sotib olib qilgan gunohimni yuvgan bo‘laman?Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur kitoblarni asl egasiga qaytarib berish bilan.

2 May 2022, 16:51 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar