Luqmon surasining oltinchi oyati
Assalamu alaykum aziz ustoz. Luqmon surasini 6 oyatidan savolim bor edi.وَمِنَ النَّاسِ مَن يَشْتَرِي لَهْوَ الْحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّخِذَهَا هُزُواً أُولَئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌUstoz shu oyati karimadagi لَهْوَ الْحَدِيثِ jumlasi borasida bir necha qavl eshitib, o‘qiganman. Albatta "Tafsiri Hilol"dan ham bu oyatni, xususan shu jumlani tafsirini o‘qiganman. Sizni tafsiringizga e’timod qilaman. Yana man suyanadigan Qur’oni Karimni sharhi bu Hindistonda tug‘ilgan va Angliyada vafot qilgan Alloh rahmat qilgur olim Abdulloh Yusuf Alini ingliz tilidagi "The Meaning of the Holy Qur‘an" (Qur’oni Karimni sharhli tarjimasi) kitoblaridur. Bu kishi ham mazkur oyati karimani sharhida sizning tafsiringizga o‘xshash ma’noni yozganlar, hatto aniq qilib bu oyati karima Payg‘ambarimiz alayhissalom zamonlarida yashagan mushrik Nadr ibn al Harith haqida nozil bo‘lgan. Bu kofir forslarni rivoyatini Allohni oyatlaridan ustun qo‘yar ekan va odamlarni bu rivoyatlar bilan Allohni kalomidan chalg‘itar ekan degan ma’noda yozganlar. Endi boshqa eshitgan va o‘qigan qavlim لَهْوَ الْحَدِيثِ dan ma’no musiqadur. Abdulloh ibn Ms’ud hazratlari ra musiqa deganlar, Hasan Basriy musiqa va musiqa asboblari deganlar degan qavllardur. Meni savollarim:1. Bu oyati karimadagi لَهْوَ الْحَدِيثِ dan murod musiqami?2. Bu oyat mushrik Nadr ibn al harith haqida nozil bo‘lganmi?3. Bu oyati karimani musiqaga tegishligi to‘g‘risida kuchli qavl, kuchli dalil bormi? Xususan Abdulloh ibn Mas’ud hazratlari va Hasan Basriy hazratlari musiqa deyishgani qanchalik rost?4. Alloh rahmat qilgur janob Abdulloh Yusuf Alini "Qur’oni Karimni sharhli tarjimasi kitoblariga munosabatingiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. لَهْوَ الْحَدِيثِ – behuda so‘zdan barcha Allohning yo‘lidan adashtiradigan narsa qo‘zda tutilgan. U gap, she’r, hikoya, musiyqa va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Shart Allohning yo‘lidan adashtiradigan, behuda bo‘l’a, bo‘ldi.2. Ibn Horis haqida nozil bo‘lgani rivoyatlardan biridir.3. Ibn Mas’ud va Basriydan qilingan rivoyatlar to‘g‘ri. Bular ham yuqorida aytilgan gaplardan biridir.4. Yusuf Ali rahmatullohi alayhining tarjimasi inglizcha tarjimalar ichida mashhurlaridan biridir. Ba’zi erlardan tanqid qiligani ham bor.
2 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 180 | Qur’oni karim