Luqma

Shayx hazratlari.Usha kungi jumada imom qiroatda yanglishib ketdilar.G‘ofurul-vadud ni o‘rniga g‘ofurul-majid devordilaru,to‘htamay keyingi oyatga o‘tib ketdilar.Shundan keyin men ularga luqma berdim,hatolarini bilib,yanglishgan oyatga yana qaytib,to‘g‘rilab o‘qidilar.Keyin shu saytdan o‘qisam undoq qilsa bo‘mas ekan.Imom hato qilishi bilan muqtadi luqma berishi kerak ekan.Imom keyingi oyatga o‘tib ketgandan keyin muqtadi luqma bersa,namozi buzulib ketarkan.Agar imom ham uni luqmasini olsa imomniki ham buzularkan.Shunga hayronman hazrat.Buni ushanda bilmaganidim.Keyin o‘qib qoldim.Endi usha kungi meni,imomni va butun jamoatni namozi nima bo‘ldi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bilmaganlik uchun afv bo‘ladi. Bundan keyin esa, bilganning hukmiga o‘tasiz.

2 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar