Tog‘anining xotini

Assalomu alaykum! Tog‘ani taloq qilgan xotiniga jiyani uylanishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shar’an uylanishga mone’lik yo‘q. Maslahat yuzasidan qandayligini sharoitga qaraladi. Xotin kishi o‘zi xohlab biror erga tegsa agar tekkan eri ayolning o‘g‘illari, aka-ukalariga or hisoblanadigan darajada tengi bo‘lmasa, aka-ukalar ya’ni valiylari nikohini bekor qilishga haqqlari bor. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:27 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar