Qasrmi?

Assalamu alaykum Hurmatli Shayh hazratlari!Avvalam bor qimmatli vaqtingizni ayamay biz ojizlarga kursatayotgan yordamiz uchun ming bora tashakkur! savolga kelsak, kamina asli vodiydanman, lekin hozirda Toshkentda ishlayman, hullas har hafta juma yoki shanba kuni vodiyga ketaman va dushanba qaytib kelaman, namozimni qaerda qasr uqishim kerak, yoki ikkala joyda ham tuliq uqiladimi, bir tomondan vaziyat qasr qilib uqishga tugri kelmoqda (oradagi masofa, muddat) lekin, hozirda ikkala joyda ham tuliq uqiyman, iltimos hazrat yul kursatin, yana bir bor oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu savolga juda ko‘p javob berdik. So‘rashdan oldin bir izlab ko‘rsangiz bo‘lmaydimi?!- Ikki tarafda ham to‘liq, yo‘lda qasr o‘qiysiz

2 May 2022, 23:05 | Savol-javoblar | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar