Poraxo‘rlikning kasri

Assalomu alaykum! Ustozlar, MIB (majburiy ijro byurosi)ning Toshkent davlat yuridik universitetida ikki yillik o‘qishi ochilgan ekan, shunga ukamning hujjatlarini topshirsak, vaqt tugadi deb qabul qilmadi, lekin yo‘li bor 200 dollarga hal qilamiz deb o‘rtakashlar orqali yuqori rahbarlar ayttirishdi (pora bilan o‘qishga qabul qilingan talaba bitirgandan keyin poraxo‘r bo‘lmasligiga kim kafil bo‘ladi). Men Alloh harom qilgan narsani qilmayman, deb bermadim. Siz aziz ustozlardan iltimos shunday rahbarlarga yuklatilgan omonat haqida ozgina telegram kanallari yoki sayt orqali eslatma berib qo‘ysangizlar. Shundaylarni kasriga qobiliyatli yosh kadrlar o‘qish va ishlarga kira olmayapdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juda to‘g‘ri ish qilibsiz. Albatta bu borada juda ko‘p yozganmiz. Inshaalloh  yana yozamiz.  

3 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar