Uchastkamni sotdim

Assalomu alaykum! Bir uchastkam bor edi o‘zim qurib yashayman deb olgan edim. O‘rniga tayor uy chiqib qoldi, shuni olib xozir yashayapman. Endi bu uchastkani sotib yangi olgan uyimni yoniga uy solmoqchiman. Shu sotgan uchastkam pulidan zakot beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qo‘lingizda nisobga etarli pul bo‘lsa qirqdan birini zakotga chiqarishingiz shart. U uyni puli bo‘ladimi yoki endi qurmoqchi bo‘lgan uiyingizni puli bo‘ladimi farqi yo‘q. Bir yil oldin ham nisob egasi bo‘lsangiz. Agar nisob egasi bo‘lganingizga bir yil to‘lmagan bo‘lsa, to‘lganida zakotini chiqarasiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 03:01 | Savol-javoblar | 145 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar