Maxsulot ustiga foyiz qo‘yib sotsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Maxsulot firmadan sotib olib uni ustiga qanchadur miqdorda foyiz qo‘yib, do‘konlarga etkazib berib va ularga keyingi xaftaga men bergan maxsulotni pulini qilib berishlari uchun tashlab kelaman. Men berayotkan maxsulot narxi sal bozor narxidan qimatroq bo‘lib qoladi, sababi do‘konlarga etkazib berishim va bir xaftaga tashlab ketkanim uchun shu sabab ko‘nglim xijil bo‘lmokda ishim xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘zingiz alohida sotib olsangiz va uni nasiyaga bersangiz joiz. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar