Kasalligidan foydalanib savdo qiladigan kishilarga yordam berish to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum. savolimni matni ortib ketgani uchun kechirim so‘rayman, to‘g‘ri tasvirlab bermoqchiman.Bir savolim bor, To‘g‘ri bu narsa darrov o‘tdi-ketdi, lekin bunday holat kelgusida yana sodir bo‘lsa nima qilishni bilmay qolmasligim uchun ozgina yordam bersaiz. Kelgusida ham shunaqa bir sinov bo‘lib Ollohning qarzini muhtojlarga bera olmay qolishdan qo‘rqyapman xolos...Shunaqa voqealar bo‘lib qolsa nima qilish kerak?--------------------Bugun bir joyda o‘tirganimda bir bola yonimga ruchka, zadjigalka va bir qog‘ozni qo‘yib ko‘rsatib ketdi. Zadjigalkani ko‘rib ozroq jahlim chiqdi ham.Varaqni o‘qib ko‘rsam shu mazmunda yozilgan edi:"Assalomu alaykum ey yaxshi odam, bilamanki siz yaxshisiz. Eshitish qanday yaxshi. Men gapira olmayman, eshita olmayman ham. Quyidagilarni sotib olsangiz menga yordamingiz tegardi. ruchka-2000, zadjigalka 2000" keyin shoshilmasdan ozgina o‘yladim va shu savollarni o‘zimga berdim: 1) bu rostdanam kasalmi? 2) qilayotgani to‘g‘rimi? 3) man nima qilsam xato bo‘lmaydi va to‘g‘ri bo‘ladi?1-savolni javobini Xudo biladi3-savolni javobini ham Xudo biladi2-savolim ya’ni qilayotgani to‘g‘rimi? 1000 sumlik ruchkani kasallik bahonasida 2000 sumga pullash, zadjigalka ham 1000 sumdan oshmasa kerak har holdaUni bu ishi savdomi yoki tilanchilik. savdo(tojirlik) - bir foyda ko‘rish maqsadida kishining o‘z molini garovga qo‘yib mehnat qilib oldi-sotdini amalga oshirishi. bu halol savdoga o‘xshamadi(mani o‘ylashimcha).Tilanchilik - halol tilanchilik qorni to‘yadiganiga kifoya qilish bilan chegaralanadiBu xuddi mani xayolimda, turli bahonalar bn shanba kuni baliq tutganlarni eslatdi xolos.Shunday bo‘lsa ham, o‘zimcha qarorga kelishga shoshilmasdan Xudodan chin dildan so‘radim: "Ey Xudo ko‘rib turibsan, o‘zing yordam berki, agar shunga rostdan ham yordam berishim kerak bo‘lsa shu erdan ketayotganimda shu insonni ko‘ray, bo‘lmasa u ketgan bo‘lsin, agar ketmagan bo‘lsa unga ko‘prog‘ini ehson qilaman va hech narsasini olmayman". Shunday qilib u erdan turib haligi kishini izlab topa olmadim.shu narsa endi xayolimdan hecham ketmayapti...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qaroringiz to‘g‘ri. Haqli bo‘lsa, ehson qiling. Narsalarini sotib olish shart emas. Ayniqsa shariatga to‘g‘ri kelmaydiganini.

3 May 2022, 15:44 | Savol-javoblar | 150 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar