Namoz o‘qishga qaynota qarshiligi
Assalomu alaykum! Men oilaliman, 1 yarim yashar o‘g‘lim bor. Oilada men, o‘g‘lim, qaynotam va erim yashaymiz. Erim chet elda ishlayapti, yaqinda namoz o‘qishni boshladim, faqat bomdod va xufton namozi va 2 rakat nafl namozlarini o‘qiyman. 5 vaqt namoz o‘qimoqchi edim qaynotam bunga qarshilik ko‘rsatdi. Sen namoz o‘qiyotganingda bolang bir tentaklik qilsa men na bolangni boqolmayman degan nazarda aytdi. Men faqat bir kun 5 vaqt namoz o‘qidim unda ham namozni chala ado etdim, sababi asr namozini o‘qiyotganimda o‘g‘lim joynamozim ustida men sajda qilayotgan paytimda qarshimda o‘tirib oldi va Allohdan qo‘rqanimdan salom berib namozdan chiqdim va shu hodisadan beri namozni ikki vaqt o‘qiyapman. Kunduz kuni kelinlik ishlar bilan bandman, qaynotam juda badjahl inson so‘kish so‘zlar juda ko‘p ishlatadi va bundan men juda xafaman aytingchi mening tutgan yo‘lim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozni besh vaqti hammasini o‘qing. Oldingizga o‘tirib olsa hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozni besh vaqti hammasini o‘qing. Oldingizga o‘tirib olsa hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 156 | Namoz