Farz namozi

Assalomu alaykum shayx xazratlari.Sizga uzim va bir necha birodarlarim nomidan ruxsatingiz bilan savol yozmokchiman.Masjidda imom domla xufton namozida ikkinchi rakaatdan keyin turib ketdi va orkadan lukmani eshitib yana kayta utirib oldi.Nomozni oxirida sajdai saxv bilan tugatdi.Namozdan keyin ayrim kishilar namozni kayta ukishni taklif kildi,ammo bir ikki kishini gapi bilan kayta ukilmadi.Savol:Ushbu xolatda kanday yul tutish kerak.Imomni oyoklari tik bulgan ekan.Buni axamiyati bormi?Kichik savollar berganim uchun ming bor uzr surayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men ko‘rmasam qanday aytaman. Oyoqlari tik bo‘ldi deganingiz bilan ish bitmaydi. Umumiy holatga qaraladi. Tik turganga yaqin bo‘lsa, siz aytgan holatda namozni qayta o‘qish kerak bo‘ladi. Imom o‘zini tik turmagan hisoblagan bo‘lsalar kerak.

30 Aprel 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar