Teplitsada ishchilar ishlatish

Assalomu alaykum! Ustozlar, man tiplitsada ishliman. O‘t yulishga kunli ishchila opchiqdik, 50000ga dagavor qildik. Soat 8 yarimdan 5gacha ishlashligi keregidi. Keyin ishlashdi, abetga chiqishdi soat 1da keyin abetlanib bo‘lishdi. Idish-tovoni yuvila didik, keyin ulani birigadiri qo‘pol gapirib urishib ketdik. Ular ketamiza deb turvolishdi. Ketmela oxirgacha ishlab pulilani opketila disegam ko‘nishmadi. Keyin kiyinib chiqib abetkachan ishlagan pulimizani berilar deyishdi. Man bermadim, ishlab xamma pulilani opketila desamam ko‘nishmadi. Ustozlar manga birovni xaqi keremas, lekin ular noto‘g‘ri ish qilib baqir-chaqir qilib ishlamasdan abetgacha ishlab pul so‘rashvotti. Man to‘g‘ri ish qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri ish qilgansiz. Ularni haqqini bering. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar