Chaqaloqni emizish majburiyati

Assalomu alaykum! Men yaqinda Abror Muxtor Aliyning bir gaplarini eshitdim, ular aytdilarki "onaga bolasini 2 yilgacha emizish zimmasiga yuklatilgan, buyurilgan" deb. Meni 6 oylik bolam bor, uzim esa 3 oylik xomiladorman. Bolani emizish xomilamga tushish xavfini bergani uchun bolamni sutdan chikarishga majbur buldim. Endi men Alloh zimmamga yuklagan bolani emizish vazifamni, menga buyurilgan amalni bajarmayotganim uchun gunoxkor bulib kolyapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolani ikki yildan oldin oldin sutdan chiqarish ikki shartga ko‘ra joiz bo‘ladi: 1). Bolaga sutdan chiqarish zarar bermasligi.2). Ota-ona shunga rozi bo‘lishi. Bu ixtiyoriy sutdan chiqarishda. Ammo zarurat tufayli sutdan chiqarish masalasida hech qanday shart qilinmagan. Sizni holatingiz zarurat hisoblanadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 04:48 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar