Nazar solish

Assalomu alaykum Shayx hazratlari! Qur’on va Hadisda ruhsatisiz birovning uyiga nazar solishdan qaytarilgan. Agar biror kishi o‘zganing xonadoniga ruhsatisiz nazar solsa, xonadon egasi uning ko‘zini o‘yib olishga xaqqi bor deyilgan. Ammo hozirda bu xolatlar nazardan chetta qolayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Hozirgi kunda ko‘p qavatli binolarning xovli uylar oldida qurilmoqda. Bunday uylardan yashovchilarning nazari xovliga bemalol tushadi. Musulmon birodarlarimiz buni nazardan chetta qoldirmaydi. Lekin shunday bo‘lsada shu masalaga oydinlik kiritsangiz. javobingiz uchun raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Musulmon odam birovning hovli joyiga nazar solmasligi kerak.

3 May 2022, 17:50 | Savol-javoblar | 143 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar