Foizli qarz

Assalomu alaykum! Benamozlik (fosiqlik) vaqtimda bir do‘stimdan qarz olib, vaqti-soati kelganda foizlari bilan qo‘shib qaytarib bergan edim. Oradan vaqt o‘tib Alxamdullilax ibodatga xam kirdim. So‘ng o‘sha do‘stimdan (u xali xam benamoz) yana qarz oldim, bu gal xech qanday foizsiz albatta va uni uzish vaqti xam keldi. Savolim shuki, qaytarish kerak bo‘lgan pulga avvalgi berilgan foizni miqdorini qo‘shib sanasam bo‘ladimi? Shu bilan men foiz bermaganday bo‘lib, so‘dxo‘rlik gunoxidan qutulgan bo‘laman deb umid qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalgi ishingiz uchun tabva qilasiz, chunki ribo edirib gunohini olib bo‘lgansiz. Endi qancha qarz olgan bo‘lsangiz o‘shanchani qaytarishingiz shart. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 158 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar