bir qancha savolim bor edi

Assalomu alaykum shayx xazratlari,1. Sizga bermoqchi bo‘lgan savolim ayrim vaqtlarda ishdan kelib tahorat olib to‘g‘ri machitga yuguraman borsam imom xufton nomozining farzini birinchi yoki ikkinchi rakatini o‘qib bo‘lgan bo‘lishadi men shunda imomga 4 rakat farz uchun deb iqtido qilmanda nomoz tugagandan so‘ng yana o‘zim alohida qolgan ikki yoki bir rakat uchun niyat qilib o‘qiyman shu to‘g‘rimi.2. Ro‘za vaqti bomdodni o‘qib bo‘lib uxlasa bo‘ladimi.3. niyat qiluvdim zakot berishni biroq men davlat ishida ishlayman oyligim xudoga shkur o‘zimga etadi. Dadam poytaxda yashbsan qiynalasan deb moshinalarini menga hadya qilgan edilar men uni oyiga 450000 ming so‘mda arendaga berganman. Kitobda yozilishicha uzidan ortsa berish mumkin deb men uchun moshina ortiqcha mazkur moshinani narxidan kelib chiqib zakot bersam bo‘ladimi. Zakot bermoqchi bo‘lgan inson turmush o‘rtog‘ini xolasi eridan ajrashgan ikki farzandi bor ammo nomoz o‘qimaydi farzandari trik etim shularga tortiq qilsam bo‘ladimi.4. Xotinim emizikliy u ro‘za tutaolmaydi u uchun fidya bersam bo‘ladimi yoki shart emasmi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Noto‘g‘ri.2. Bo‘ladi.3. Ijaraga qo‘yilgan mashinadan zakot berilmaydi. 4. Keyin qazo tutadi.

3 May 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar