Shom namozining vaqti
Assalomu alaykum hurmatli Shayx hazratlari . ALLOH ta’olo qilayotgan ishlaringizni ajrini ko’paytirib bersin va sizni jannatda eng oliy martabalarga erishishlikni nasib etsin. Quyida bermoqchi bo’layotgan savolim no o’rin yoki takror berilayotgan bo’lsa, sizdan uzr so’rayman va kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan sizni tabriklayman. Hurmatli Shayx hazratlari ushbu saytda ko’rsatib boriladigan taqvimda, hususan shu bugun ( 5-Avgust) shom namozi 19:37 sa boshlanadi va xufton namozi esa 21:19 boshlanadi deb ko’rsatilgan. Ma’limki shomning vaqti tugagach xuftonning vaqti kiradi. Shunga binoan shom namoziga ajratilgan vaqt taqvim bo’yicha 102 daqiqa bo’lib chiqmoqda. Men esa bir nechta tanishlarimdan “shom namozining vaqti qisqa , ya’ni 30 daqiqalar atrofida shuning uchun uni tezroq o’qib olish lozim, yo’qsa qazo bo’lib qoladi” deb eshitganman.Mana shu masalada biroz tushunolmayapman. Savol: Aslida Toshkent uchun shom namozining vaqti necha daqiqa davom etadi? Iltimos, aniqlik kiritib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taqvimda Xufton namoziniing kirish vaqti emas, jamoat bilan o‘qilish vaqti ko‘rsatiladi. Shomning vaqti 50 daqiqa davom etadi.
1 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 182 | Namoz