Ishga foiz olish
Assalomu alaykum! Men qrilish uchun faqt zakazga ayrim narsalar ishlab chiqraman. Bu o‘z-o‘zidan qurilishda ishlayotgan ustalar, prorablar, brigadirlar bilan xamkorlikda ishlashga olib keladi. Ular bilan ishlashga ko‘p xolatlarda majburman. Negaki shu ishni qilishimni, ishxonam joylashgan manzilni ular bilishadi, xaridorlar esa bilishmaydi. Ular bundan foydalanib tan narxi aytaylik 10.000 so‘m bo‘lgan narsani 11.000-12.000 so‘m deb ayting biz o‘tkazib beramiz farqini bizga berasiz deyishadi. Men rozi bo‘laman. Shu qilgan ishimiz to‘g‘ri bo‘lyaptimi? 2. Yana o‘sha tanish ustalar bilan yuqoridagidaqa kelishib bir joyga bordik va zakazni bajardik. Bu asnoda mijoz bilan tanishib qolib yana umuman boshqa narsalar xam qilib beraman. Meni birinchi zakazga olib borgan o‘rtakash usta bu zakazdan menga ulush chiqarib berasan, chunki seni men olib keldim, men tanishtirdim deydi. Unga yana ulush berishim to‘g‘rimi? Aniqlik uchun xech bir xolatda ular na xom ashyo uchun na boshqa xarajatlar uchun 1 so‘m xam pul tikmagan bo‘lishadi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri. Bu haridorga xiyonat hisoblanadi. 2). Dallolligi uchun bir marta haq olsin. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri. Bu haridorga xiyonat hisoblanadi. 2). Dallolligi uchun bir marta haq olsin. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom