O‘gay ota

Assalomu alaykum! Onamning 1-xayotlari o‘xshamagan, onam menga xomilador bo‘lganlaridan ajrashganlar, xozirgi dadam xam ayollari o‘lgach men 3 yoshligimda onamga uylanganlar, 12 yoshimgacha bilmaganman otamning o‘gayligini xech qachon aytmaganlar jaxlda xam, onam bu otam meni otam emasliklarini bilishimni biladilar, otam esa yo‘q, ko‘cha kuydan eshitadi deb orada otam menga san mani qizimsan odamla nima disayam ishonma ko‘raolmaganidan xar xil gapla gapiradi deb qo‘yadilar. Onam xam bilishingni otangga aytma xafa bo‘ladi deydilar, el qatori uzatillar xech qachon kam qilmadilar nima desam oberdilar xali xanuz tarbiya berib ximoya qiladilar Alloh rozi bo‘lsin otamdan, 1). Hijobga qizlik paytimda kirgamman, bu otam meni boqib katta qilib tarbiya berib erga uzatib, nomaxram bo‘ladilarmi, oldilarida ro‘molsiz yurishim joiz emasmi? Bu otamning aka ukalarini yani amakilarimni oldidachi ular bilan juda xam yaxshimiz yaxshi insonlar xech qachon ammam amakilarim ajratmagan va bildirmagan o‘gayligimni. 2) Erimga bu xaqida aytishim kerakmi yani bu meni otam emasligini, ota onamni 1-xayotlari o‘xshamagani aytilgan, lekin xaqiqiy otasi deb tanishtirilganlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Onangiz bilan nikohlanishi bilan onangizni ikkinchi eri o‘gay otangiz sizga mahram bo‘lgan. Lekin u kishining aka ukalari, o‘gay amakilaringiz esa sizga nomahram bo‘ladi.2). Shariatimizga binoan kishi o‘z otasida boshqani otam deb bo‘lmaydi. Chunki bunga yuqoridagi kabi shar’iy hukmlar bog‘liq bo‘lib, harom-halolga sabab bo‘ladi. Eringizga buni aytishingiz shart emas, chunki buni eringizga mutlaqo aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 06:17 | Savol-javoblar | 139 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar