Xalolmi?

Assalamu alaykum roxmatulloxi va barokatux.Xurmatli Shayx xazratlari, Xitoyda ishlab chikarilgan dori-darmonlarni iste’mol kilish mumkinmi?Bu dorilarning tarkibida xarom narsa yuk, asosan turli xildagi giyoxlar va usimliklardan tayyorlangan. Ammo Xitoyda asosan budda va boshka dinga e’tikod kiluvchilar yashashlarini xisobga olib ushbu savolni berayapman.Ikkinchi savolim shundan iboratki, dengiz xayvonlarining kaysi birlari xarom va kaysilari xalol? Kiskichbaka, dengiz bodringi va shunga uxshash degiz xayvonlarini iste’mol kilsa buladimi?Uchinchi savolim balik tuxumi(ikra) xalolmi?Agarda takroriy savol bergan bulsam Sizdan uzr surayman.Allox taolo Sizdan rozi bulsin. Omiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Dori tayorlovchiga karab emas, tarkibiga karab xalol yoki xarom bo‘ladi.2. Xanafiy mazxabi bo‘yicha balik xalol.3. Ikra xalol.

21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar