Taqsit savdosi
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Xazratlari,Dolzarb masalalar ruknidagi taqsit savdosi haqida yozilgan maqolani o‘qib juda ham mamnun bo‘ldim. Ko‘p narsalar oydinlashdi. Alloh ushbu maqolaga mehnatini sarflaganlardan doimiy rozi bo‘lsin.Maqola juda sodda tilda yozilgan bo‘lsada, men kabi omi odamning ba’zi narsalarni to‘liq tushunmaganligi uchun uzrimni qabul qiling. Savolim quyidagicha: Mening mulkimda avomashina bo‘lsa, men maqolada keltirilgan bitim asosida uni sotaman, ya’ni1) xaridor nomiga ishonchnoma rasmiylashtiraman;2) xaridor bilan maqolada ko‘rsatilgan bitimni imzolayman ya’ni bitim natijasida avtomashina xaridorning mulkiga aylanadi;3) xaridorga kalitni toshiraman. Xullas avtomashinaning jismini to‘liq uning tasarrufiga o‘tkazib beraman. Maqolada: "Xaridor dastlab tovarni sotib oladi. O‘z mulkiyatini sobit qilgach so‘ngra sotuvchining o‘ziga garov sifatida qaytaradi. Lekin bunda garov qilingan tovar xaridorning o‘zida qoladi. U o‘sha tovarni o‘z foydasiga ishlatadi." va "Bizda sotuvchi ushbu mashinaning faqat hujjatlarini garov sifatida ushlab turishini yo‘lga qo‘yish mumkin. Lekin bu xaridorga mashinani mulk sifatida tasarruf qilish huquqiga to‘sqinlik qilmasligi lozim va shu ko‘rinishdagi garov natijasida xaridor savdo molini uchinchi shaxsga sotib yuborishi to‘g‘ri bo‘lmaydi" deyilgan ekan. Shu asosda, avtomashinaning xujjatlarini garov sifatida olib qolsam, ya’ni avtomashinani to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng xaridorning nomiga o‘tkazib bersam joizmi? Chunki, avtomashinani xaridorning nomiga o‘tkazib berilsa, to‘lovlarni amalga oshirmasdan aldab ketish extimoli mavjud.Uzun savolim bilan qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman, xazrat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "Bizda sotuvchi ushbu mashinaning faqat hujjatlarini garov sifatida ushlab turishini yo‘lga qo‘yish mumkin”, deyilganda ayni siz aytgan gap ko‘zda tutilgan.
2 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 161 | Islam
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- "Bizda sotuvchi ushbu mashinaning faqat hujjatlarini garov sifatida ushlab turishini yo‘lga qo‘yish mumkin”, deyilganda ayni siz aytgan gap ko‘zda tutilgan.
2 May 2022, 22:19 | Savol-javoblar | 161 | Islam