Do‘stimga nasihat

Assalomu alaykum! Bir tanishim bor, namozni kanda qilmaydi, diniy ilmi xam yaxshigina, shayx Hazratini deyarli barcha kitoblarini to‘plagan, lekin ba’zida zino qilib qo‘yadi. Zinoni shariatdagi xukmlarini juda yaxshi biladi, qanday azoblarga duchor bo‘lishini xam biladi, lekin o‘zimni boshqara olmay qolaman deydi. Qanday yo‘l bilan nasixat qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Do‘stingizga ayting ustiga kitob yuklangan eshak kabi bo‘lib qolmasin. Alloh taolo "Jumu’a" surasida marhamat qiladi:  مَثَلُ الَّذِينَ حُمِّلُوا التَّوْرَاةَ ثُمَّ لَمْ يَحْمِلُوهَا كَمَثَلِ الْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَارًا بِئْسَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِ اللَّهِ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ۝ 5. Ustilariga Tavrot yuklatilgan, so‘ngra uni ko‘tarmaganlar ustiga kitob yuklangan eshakka o‘xsharlar. Allohning oyatlarini yolg‘onga chiqargan qavmning misoli qanday ham yomon! Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 20:33 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar