Imom Abu Haniyfanin­g musnadlari­

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari­.Hurmatli ustoz. Nima uchun ulamolar orasida Abu Haniyfani musnadlari­ mashhur emas? Aytmoqchima­nki agar bir hadis keltirishsa­ undan keyin buni Molik, Shofiy, Ahmad va boshqa mashhur muhaddisla­rni nomini yozib rivoyat qilgan deyishadi. Lekin men hech ham Abu Haniyfa Imomi A’zam bu hadisni rivoyat qilgan deb yozganlarin­i o‘qimadim. 3 ta sunniy mazhabni imomini yozishadi roviy qilib,lekin Abu Hanifani yozishmaydi. Buning sababi nima?Javobingiz­ uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uchta mazhab imomlari o‘zlari hadis kitob qilganlar. Ya’ni, ular keyinroq yashaganlar va kitob qilishga fursat topganlar. Imom Abu Haniyfa ulardan oldin yashab asosan fiqhiy masalalarni hal qilish bilan mashg‘ul bo‘lganlar va kitob yozmaganlar. U zotning aytganlarini keyin shogirdlari kitob shakliga keltirganlar. Xususan, imom Abu Haniyfa hadis ilmida peshqadam emas ekanlar degan xayolga olib bormasiligi kerak. U kishi hadis hofizlaridan bo‘lganliklarini imom Zahabiyga o‘xshash ulamolar alohida ta’kidlaganlar.

3 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar