Harom tijorat

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir inson o‘zi bilmagan xolda xaromni xalol deb juda ko‘p pul ishladi. Lekin bu pullar xarom ekanligini bilgach tavba qildi. Lekin shuncha pulni qaerga sarflashni bilmay qoldi. Birovga sadaqa qilay desa yoki xayr exson qilaman desa buyam birovga xarom luqma edirish bo‘lib qoladi. Bunday xolatda nima qilishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Harom molning hukmi savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuborishdir. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar