Aroq sotib oila boqish
Assalomu alaykum! Bir do‘stim savol berib qoldi. Aroq sotib topgan pulimi oilamga, ro‘zg‘orimga ishlatsam, ahli ayolim, farzandlarim onamga shu puldan ishlatsam halolmi – dedi. Men unga jovoban harom, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oilangizga halol luqma ediringlar degan gaplari bor – dedim. Keyin shunday hadis bormi deb qo‘rqib ketdim. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nomlaridan yolg‘on to‘qigan bo‘lib qolmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aynan siz aytgan lafzlar bilan hadis kelmagan. Lekin siz to‘g‘ri ma’noda aytgansiz. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini». Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:41 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom