Bomdod va hushimni yo‘qotishim

Assalomu alaykum va rohmatulloh, Muhtaram shayx.Avvalo qilayotgan savobli amallaringizdan Alloh rozi bo‘lsin!Bir tanishimizning iltimoslariga ko‘ra, ularning nomlaridan savol bermoqchi edik:- Alloh imtihon qilib, bir hastalikka chalingan edim. Insha Alloh, shifo ham toparman. Hastaligim shuki – har-har zamonda tutqanog‘im tutib qoladi. Hushimni yo‘qotaman.Namoz o‘qishni esa judayam xohlayman. O‘qib ham yuraman. Namoz – ayniqsa uni o‘z vaqtida ado etish – naqadar muhimligini ham ma’ruzalardan eshitib, bilib yuraman.Ammo... Ertalab, bomdod namoziga tursam – tutqanoq tutadigan bo‘lib qolgan. Buni ko‘rib oyimlar: “namoz o‘qima” deb turishibdi. Boshqa namozlarniku InshaAlloh o‘z vaqtida ado qilarman, lekin bomdodni nima qilsam bo‘ladi? Keyinroq, kun chiqib ketsa ham – qazo qilib o‘qisam bo‘ladimi?Bir marta bomdodga turib, hushimni yo‘qotganimga, o‘zim ham ertalab turishga qo‘rqaman, uydagilar ham turishimga qarshi. Har bir hushimni yo‘qotishim – sog‘ligimga yanada zararli ekan. Bu hushimni yo‘qotish – keyingisiga turtki/tayanch bo‘larkan. Ya’ni, tez-tez takrorlanadigan bo‘lib qolarkan.Qancha “hushimdan ketmay yursam” – menga shuncha “plyus” ekan.Sizga savolim: mana shu holatlardan kelib chiqib, - bomdodni qanday o‘qishim va (shu kabi sabablar tufayli qolib ketgan) boshqa qazo namozlarimni qay tarzda ado etishim haqida aytib o‘tsangiz.Haqqingizga duodamiz.Javob uchun oldindan rahmat.Assalomu alaykum va rohmatulloh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz avval Bomdodga tursangiz har safar dard tutadimi, yo‘qmi aniqlashingiz kerak bo‘ladi. Doim shunday bo‘lishi aniq bo‘lsa, qazo qilib o‘qiysiz. Namozning qazosini o‘qish vaqtli namozni o‘qish kabi bo‘ladi. Farz va Vojib namozlar qazo qilinadi.

3 May 2022, 21:06 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar