Ortiqcha olgan oylik
Assalomu alaykum! Men safarda ishlayman Men bor joyga ishga borgandim aniqroq qilib aytkanda qurilishka ishni oyni o‘rtasida boshladim. U erda qarindoshlarim xam ishlaydi rus fermasi. 10 kunlardan keyin ishlagan kunimga qarab oziroq pul berishdi rus tilida aytkanda avans. Oy tugagandan keyin oylik varaqasiga qarasam to‘liq bir oy ish kuni qo‘yishibdi. O‘zim boshqacha bo‘ldim va indamay qo‘ydim. Qarindoshlarim aytishdi sen uzing aytganing yo‘qku deyishdi. Boshqalar qatori oylik oldim, yarim oy ishlamagan kunimga pul oldim shunga o‘ylanib qoldim. Endi qarindoshlarim aytishayaptdi oylik chiqargan odamga ozroq berish kerak deyishayapti. Qanday maslaxat berasiz, xalolmi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish joyingizni rahbaridan so‘rang. Agar u o‘zi rozi bo‘lib bergan bo‘lsa haq uniki. Xohlaganini qiladi, adashib bergan bo‘lsa qaytarib bering. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 21:06 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom