Ushr xaqida
Assalomu alaykum! Ushr xakida Shayx xazratlari audio diskda ma’ruza kilishganda, dexkon nasos kuyibmi, charpalak urnatibmi suv chikarsa, ugit solsa, tagini chopsa xullasi mexnat kilsa va sarf-xarajat kilsa, ushr emas balki nisfi ushr beradi deganlar. Bir birodarimiz bu fakat arikdan suv okib kirmaydigan dexkonchilikka aytilgan. Agar bir marta bulsa xam arikdan sugorilsa, ushr beriladi. Kolgan nasosda sugorilganlar xam, sarf-xarajatlar xam xisobga olinmaydi dedi. Hurmatli ustozlar, shu masalada biz ikki xil fikrlayapmiz. Iltimos bizga tushintirib bersalaring. Din yulidagi xizmatlaringdan Alloh rozi bulsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hazratning aytgan gaplari to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 131 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hazratning aytgan gaplari to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 22:38 | Savol-javoblar | 131 | Zakot