Otamni qabrni ko‘chirib olib kelish

Asalomu alaykum! Otam 1976-yilda Toshkent shaharda tug‘ilb 2004-yilda Toshkent shahrida vafot etganlar. Lekin bobom asli surxondaryolik bo‘ganlar, otami olib surxondaryoda dafn qilishkan. Man u payt yosh bo‘ganligim sabab qarshilik ko‘rsatomganman. Hozrda adamlani qabrlarini ziyorat qilgani bormaymiz. Bizni bog‘lab turgan yaqin qarindoshlayam yo‘q. Otamni qabrlarini Toshkenga olib kelishni iloji bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shar’an joiz emas. Jasadni boshqa yurtga ko‘chirish O‘lgan odamning joni uzilgan shaharga yoki qishloqqa ko‘mish mustahab amaldir. Uni vafot topgan joyidan boshqa bir joyga ko‘chirishni ko‘pchilik ulamolarimiz makruh, deganlar va bu ishning makruhligining bir necha sabablarini bayon qilib o‘tganlar:
1. O‘likni ko‘chirish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «O‘likning kafanlash va dafn qilishni tezlashtiringlar» degan hadislariga zid amal bo‘lib qoladi;
2. Ko‘pincha o‘likni ko‘chirishda jasadning hidlanib, ko‘rinishi qo‘rqinchli holatga kelib qolishi, gohida chirib, janoza o‘qishga noloyiq bo‘lib qolishi holatlari yuzaga keladi;
3. O‘likni ko‘chirishda ortiqcha urintirib, unga behurmatlik qilishga, muzlatib, jasadga ozor berishga to‘g‘ri keladi (Ahkomul mayyit).وَلَا بَأْسَ بِنَقْلِهِ قَبْلَ دَفْنِهِ قِيلَ مُطْلَقًا ، وَقِيلَ إلَى مَا دُونَ مُدَّةِ السَّفَرِ ، وَقَيَّدَهُ مُحَمَّدٌ بِقَدْرِ مِيلٍ أَوْ مِيلَيْنِ لِأَنَّ مَقَابِرَ الْبَلَدِ رُبَّمَا بَلَغَتْ هَذِهِ الْمَسَافَةَ فَيُكْرَهُ فِيمَا زَادَ «Dafn qilishdan oldin boshqa joyga olib ketsa zarari yo‘q. Bir qilda masofa qancha bo‘lsa ham. Boshqa bir qildi esa, safar masofasidan kamroq joyga bo‘lsa joiz. Imom Muhammad bir mil yoki ikki milgacha olib borilsa bo‘ladi deb qaydlaganlar. Chunki, shahar qabristoni odatda shunchalik masofada bo‘ladi. Undan ziyodasi makruh sanaladi» (Raddul muxtor).
Musofir biror joyda vafot topgan bo‘lsa-yu, o‘sha erga dafn qilib yuborilgan bo‘lsa, qaerga dafn qilinganligidan qat’i nazar, yaqinlari uning qabrini ochib, o‘zlarining vataniga olib ketishlari shar’an joiz emas. وَاتَّفَقَتْ كَلِمَةُ الْمَشَايِخِ فِي امْرَأَةٍ دُفِنَ ابْنُهَا وَهِيَ غَائِبَةٌ فِي غَيْرِ بَلَدِهَا فَلَمْ تَصْبِرْ وَأَرَادَتْ نَقْلَهُ أَنَّهُ لَا يَسَعُهَا ذَلِكَ  «Bir ayolning farzandi boshqa shaharda vafot topib dafn qilingan bo‘lsa va u ayol sabr qila olmay bolasini ko‘chirib kelishni iroda qilsa, uning bunday qilishi joiz emasdir. Mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar» (Fathul qodir). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 161 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar