Aroqqa sertifikat berish
Assalomu alaykum! Oldin DSENMning ishlab chiqarishga sertifikat berish bo‘limida ishlar edim. Biz aroq ishlab chiqarishga sertifikat berar edik. Mening vazifam shu sertifikatni kompyuterda yozib chiqarib berish edi. O‘sha aroqlarni sotib olib ichgan odamlarning gunohiga men ham sherik bo‘lgan bo‘lamanmi? Hozirda men u erda ishlamayabman, ammo ketishimdan oldin u erga do‘stimni ishga joylashitirib ketganman. Agar sertifikat uchun menga gunoh yozilayotgan bo‘lsa, do‘stimga yozilayotgan gunohga men ham sherik bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kishi biron gunohga qanchalik yordami tegsa, o‘shanchalik gunohidan hissador bo‘ladi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 22:46 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom