Nikohni o‘zi o‘qish
Assalomu alaykum! Men ikki yil oldin uylanganman. To‘y qilishdan oldin odatda nikox o‘qiladi. Savolim shuki zagsdan o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tiladi shunda birga yuramiz, zino bo‘lib qolmasin deb nikoxni xamma shartlarini(kelinni valiysi, 2 er guvox, maxr va xotinimni otasi qizimni shu yigitga nikoxladim degan so‘z aytgan) va nikox xutbasini o‘zim o‘qigan edim(arabcha matnidan). Yaqinda jumaga chiqganimizda imom xatib “kishi 3 narsani o‘ziga o‘zi qilolmaydi. Shulardan biri o‘ziga nikox o‘qimaydi” dedilar. Shunda men o‘z qilgan ishimdan shubxalanib qoldim. Aytingchi meni nikoxim bog‘langanmi va xotinim bilan zino qilib yuribmanmi deb o‘ylab qoldim. Bolamiz xam bor 1 yosh. Meni qilgan ishim o‘sha imom aytgan gapga tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohladim deyilganida siz qabul qildim deganmisiz? Agar iyjob va qabul ham bo‘lgan bo‘lsa nikohinglar durust. Yozuvingizdan iyjob va qabulni bo‘lgani ko‘rinmayapti. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar