Gazetadagi boshqotirma
Assalomu alaykum! Darakchi gazetasida boshqotirma chop etiladi. Shu boshqotirmani to‘g‘ri topgan 20 ta odamga 50.000 pul mukofoti beriladi. Shu joizmi? Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson hayoti insonga berilgan eng oliy dastmoyadir. Har bir nafasi hisobli, uni shukri vojib, foydali ishga sarflansa evazi ham ulkan. Inson o‘ta johil va o‘ta aldangan shaxs hisoblanadi. O‘sha vaqtni foydali narsaga sarflaganda oxiratda beriladigan ajrni bilganida cheksiz nadomat qiladi. U vaqt evaziga qanchalar narsani qo‘lga kiritish mumkinligini ko‘rib, attang qiladi, lekin zarracha ham foydasi bo‘lmaydi. Hatto jannatga kirgan inson ham Allohning zikrisiz o‘tkazgan vaqtiga pushaymon bo‘ladi. O‘sha boshqotirmaga sarflaydigan vaqtingizni Qur’on o‘qishga, qo‘lingizga tasbeh olib zikr qilishga yoki o‘zingizni dunyoviy yoki kimnidir dunyoviy ishiga yordam bersangiz, oxiratda albatta savobini topasiz. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَأَقِيمُواْ الصَّلاَةَ وَآتُواْ الزَّكَاةَ وَمَا تُقَدِّمُواْ لأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ اللّهِ إِنَّ اللّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ110. Namozni qoim qiling, zakotni bering. O‘zingiz uchun nimaiki yaxshilik taqdim qilsangiz, uni Allohning huzurida topasiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turuvchidir.
“Zalzala” surasida: فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ 7. Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko‘radir.
8. Va kim zarra vaznicha yomonlik qilsa ham ko‘radir.
Pul yutish maqsadida gazeta sotib olsangiz, joiz emas. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar