Namozda orom olish

Assalomu alaykum! Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlardan biringiz namoz o‘qiyotgan paytda uyqusi kelib mudroq bossa, toki uyqusi ketgunicha orom olsin. Chunki mudroqlik paytida namoz o‘qisa, istig‘for aytyaptimi, (duoibad qilib) o‘zini so‘kyaptimi, bilmaydi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Shu hadisda murod nafl nomozlarimi? Yoki farz nomozlarida ham mudrab turgan odam biroz uhlab olishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu asosan nafl namozlariga. Agar vaqti bemalol bo‘lsa, vaqtini rioya qilgan holda farzlar ham. Vaqti chiqib ketadigan darajada uxlamaslik kerak. وَعَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا نَعَسَ أَحَدُكُمْ فِي الصَّلاَةِ فَلْيَرْقُدْ حَتَّى يَذْهَبَ عَنْهُ النَّوْمُ فَإِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا صَلَّى وَهُوَ نَاعِسٌ لَعَلَّهُ يَذْهَبُ يَسْتَغْفِرُ فَيَسُبَّ نَفْسَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon biringiz namozda mudrab qolsa, to undan uyqu ketguncha uxlab olsin. Bas, biringiz mudragan holida namoz o‘qisa, ehtimolki, istig‘for aytaman, deb o‘zini so‘kib yuboradi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharif mudroq bosib turgan odam namoz o‘qishi makruhligiga dalildir.
Mudroq bosib, uyqusi kelgan odam uchun eng ma’qul ish uyqudir. Ushbu hadisi sharifda aytilganidek, namoz o‘qiguvchi gunohini kechirilishini so‘rayman deb, uyqusirab o‘zini so‘kib duo qilib yuborishi ham hech gap emas. Shuning uchun ham ehtiyot bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar