Hadisga zid emasmi
Shayx xazratlari. Allohning o‘zi din yo‘lidagi xizmatlaringizni ulkan ajrlar bn mukofotlasin. Siz kabi olim kishilarimiz borligi uchun Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman. Insha Alloh yaqin bir yil ichida uylanishni oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Xozirdan sekin asta uylanish haqidagi dinimiz ko‘rsatmalari bn tanishib bormoqdaman. Ayniqsa sizning kitobingiz bo‘lmish "Islomiy oila farog‘at qasri"kitobi uchun Allohning o‘zi rozi bo‘lsin, albatta birma bir sizning nikoh haqidagi kitoblaringizni insha Alloh o‘rganib uqib chiqshga xarakat qilaman. Savolim quyidagicha: Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning hadislarining mazmuniga ko‘ra Ayol to‘rt narsa uchun nikoxlanur moli, hasabi, jamoli va dini uchun. Va payg‘ambarimiz (s.a.v) dindorini tanlashga buyuradilar. Bu hadisning sharxi bilan tanishib chiqdim. Bizning yurtimizda shunday qizlar borki ular husnli, nasl nasabi yaxshi( agar islomga amal qilmagan nasabni yaxshi deb atash joiz bo‘lsa), otasi chekmaydi ichmaydi, qizi o‘ziga yarasha odobli,tarbiya ko‘rgan, yolg‘on gapirmaydi, bexayo yurmaydiyu lekin dindan unchalik xabari yo‘q , amali yoq, qaysi muhitda bolsa osha muhitga moslashib ketadigan qizlar. Bilmadim bunday tabiatdagi qizlarni aslida odobli deb aytib bo‘ladimi chunki haqiqiy odob islom bn bo‘ladi Albatta. Shu kabi qizlarga uylanish haqida dinimiz nima deydi. Agar shu tabiatdagi qizlarga uylansam PAyg‘ambarimiz sunnatlariga zid ish qilgan bo‘lmaymanmi. Shu tabiatdagi qizlar bn turmush qurayotganda insha Alloh dinni orgataman, sekinlik bn hijobga tushasan, to‘yni shariat bo‘yicha o‘tqizamiz digan gaplarga rozi qilib, olish niyatim bor. Sizdan Alloh rozi bo‘lsin. Sizning duoingizga muxtoj g‘oibona shogirdingiz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Niyatingiz yaxshi. Bo‘ladi bu ish.
4 May 2022, 00:24 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Niyatingiz yaxshi. Bo‘ladi bu ish.
4 May 2022, 00:24 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush