Faberlik haqida

Assalomu alaykum aziz ustozlar! Faberlic haqida bergan javoblaringiz uchun katta rahmat. Sizlar tufayli shu ishda ancha ishlagan tanishim ham bu ishini tashladi. Ammo u yana bir savolni siz azizlardan so‘rab berishimni iltimos qildi. Savolim noto‘g‘ri bo‘lsa oldindan uzur.
1.Faberlicda maxsulotlar katalogda bir narxda chiqariladi masalan bitta tush 50900 ga. Lekin bu tush faberlic xodimiga 20% chegirma bilan beriladi. Xodim xaridorga o‘ziga berilgan narxda sotishi kerakmi yoki katalogdagi narxdami. Katalogdagi narxda sotishi xarommi.
2. Bitta katalogdan sotgan maxsulotlar narxi ma’lum miqdorga yetkanda yoki ba’zi aktsiya paytlari maxsulotlar bonusga o‘z narxidan arzonga yoki yarim narxiga xodimga beriladi. Bu maxsulotlarning sotilishi qandaya bo‘lishi joiz. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu chegaralanmagan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:47 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar