Maxsi ustidan paypoq

Assalomu alaykum! 1).Taxorat olib maxsi kiyib uni ustidan paypoq kiyib olsa, yana taxorat olayotganda shu paypoqni ustiga masx tortsa bo‘ladimi? 2). Agar bo‘lsa paypoq echilsa taxorat ketadimi? 3). Turmushga chiqayotgan qizlarimizga qaysi kitobni o‘qishni maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Namlik mahsiga o‘tsa tortsa bo‘ladi. Mash tortayotganda qo‘lni paypoqning ichiga tiqib mash tortishni hech qanday qiyinchilik joyi yo‘q. 2). Birinchidan nami mahsiga o‘tmasa mash tortilgan hisoblanmaydi. mahsiga mash tortilgandan keyin mahsining ustidagi paypoqni echishni mashga hech qanday aloqasi yo‘q. 3). “Baxtiyor oila” kitobidan foydalaning. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 166 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar