Masjidda gapirish
Assalomu aleykum shayh hazratlari.Men arab davlatlaridan birida ishlayman,bu erda masjidga kirib namoz uqiyotganimda atrofdagilar bor ovozi bilan gaplashib utiradi,bazida suralarda adashib ketaman.Bir necha marta ular bilan tortishib qoldim,qattiq qattiq gapirishgayam togri keldi.Shunda bittasi menga masjidda gapirmasin degan hukm bironta hadisda kelganmi yoki quronda yozilganmi dedi.Men bironta bunaqa hadis bilmaganim uchun hadisda yozilishi shartmas,agar namozimda adashib ketsam sen gunohkor bob qolasan dedim.Shayh hazratlari nega arab davlatlari islomning vatani bola turib bu narsaga etibor berishmaydi,yoki bu narsa men uylaganchalik unchalik aybli ish emasmi? Alloh sizga bu dunyoda ham,u dunyoda ham avf va ofiyat bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Soib ibn Yaziyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Masjidda turgan edim. Birov menga tosh otib qoldi. Nazar solsam, Umar ibn Xattob ekan. U menga:«Borib, hov anovi ikkovini oldimga olib kel», dedi. Men borib ikkovini olib keldim. Bas, u:«Ikkovingiz kimsiz yoki qaerdansiz?!» dedi. «Ahli Toifdan», deyishdi. «Agar shu erlik bo‘lganingizda kuningizni ko‘rsatar edim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning masjidlarida ovozingizni ko‘tarasizlar-a!» dedi». Buxoriy rivoyat qilgan.Ushbu rivoyatdagi hodisa Umar ibn Xattob roziyal¬lohu anhuning xalifalik vaqtlarida bo‘lib o‘tgan. Toifdan Madinaga kelgan Bani Saqiyf qabilasidan bo‘lgan ikki kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlarida ovozlarini baland ko‘tarib gaplashayotgan edilar. hazrati Umar sekin tosh otib, Soib ibn Yaziyd roziyallohu anhuni o‘zlariga qaratdilar va baqirayotgan ikkovini bu yoqqa olib kel, deb ishora qildilar. Keyin rivoyatda aytilgan ishlar bo‘lib o‘tadi.Ushbu rivoyatdan olinadigan foydalar:1. Masjidda baland ovoz chiqarib bo‘lmasligi.2. Masjidda birovni chaqirmoqchi bo‘lsa, imo-ishora qilsa ma’qulligi.3. Mas’ul xodim masjid odoblariga rioya qilinishini kuzatib turishi, ularni buzganlarga chora ko‘rishi kerakligi.4. Masjid odobini buzgan beodobni so‘roq qilish mumkinligi.5. Hukmni bilmagan, boshqa tomondan kelgan odamni¬ darhol jazolamasdan, avval ogohlantirish kerakligi.¬6. Bilib turib masjid odobini buzgan, unda baqir-chaqir qilganlarni jazolash mumkinligi.
4 May 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 173 | Ruhiy tarbiya