Otamga taxorat va namozni ado etishda yordam bersam deyman

Assalomu alaykum! Dadam mana 8 oydirki betob, insul’tning ikkinchisi o‘tkazdilar. Onam bilan meni qaramog‘imizda. O‘tirib turish, gapirish va yuvinishga qiynaladilar. Kun davomida uyda zerikib o‘tiradilar. Shovqun-suron yoqtirmaydilar. Dadamga namoz o‘qishda yordam bermoqchiman. Taxorat olish va 5 vaqt namozni to‘la to‘kis ado etishda qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Onangiz istinjo qildirib qo‘ysa o‘tirgan o‘rnida ishora bilan namozlarni o‘qishi joiz. Siz tahorat qildirib qo‘yasiz. Agar o‘tirishga ham qodir bo‘lmasa yotib bo‘lsa ham ishora bilan namoz o‘qiyveradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 182 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar