Ayoli vafotidan keyingi nikoh
Assalomu alaykum! Ayol kishining eri vafot etsa, yoki taloq olsa, ma’lum bir muddatdan so‘ng turmush qurishi mumkin. Ya’ni iddasidan keyin. Erkak uchunchi? Masalan, bir erkakni 4 ayoli bo‘lsa, bir ayoli vafot etdi yoki birtaloq qilindi. Er shu zahotiyoq, 3 kun yoki 1 xaftada, yana biron muslima ayolga uylansa bo‘ladimi? Yoki u erkak ham ma’lum muddat o‘tishini, kutishi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xotini uchta bo‘lsa birini taloq qilsa, o‘rniga uylanishi mumkin. Agar xotini to‘rtta bo‘lsa bittasi o‘lsa o‘lishi bilan oradagi nikoh buziladi, to‘rtinchisiga uylanishi mumkin. agar taloq qo‘ygan bo‘lsa, taloq qo‘ygan xotini bilan qo‘shilgan yoki hilvati sahih(alohida yolg‘iz)da qolishgan bo‘lsa taloq bergach xotinning iddasi chiqqunicha boshqaga uylanishi halol bo‘lmaydi. Chunki iddadagi ayol bilan nikohi to‘liq uzilmagan bo‘ladi. Agar o‘sha taloq qo‘ygan ayoli bilan faqat nikohdan o‘tgan bo‘lib, yaqinlik yoki hilvati sahih bo‘lsa ham topilmagan bo‘lsa taloq bergach u ayol iddaga o‘tirmaydi. Shuning uchun o‘rniga yana boshqasini olishi mumkin. Albatta bu savolingiz bizni diyorda faraziy bo‘lsa ham fiqhiy kitoblarimizdagi javobi shu. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush