Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im taloq qildi

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Turmush o‘rtog‘im bilan ZAGSdan o‘tib nikohlanganmiz. Keyin turmush o‘rtog‘im chet elga ketganlar, lekin jinsiy aloqa qilmaganmiz. Turmush o‘rtog‘im jahllari chiqqanda 3 taloq dedilar. O‘rtaga taloq tushadimi yoki kelganlaridan keyin to‘ydan oldin nikoh o‘qitsak bo‘ladimi? Shu borada shariatimiz nima deydi? Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar holat ayni siz aytgandek bo‘lsa orangizga uch taloq tushgan. O‘shandan beri uch hayz muddat o‘tgan bo‘lsa siz u kishiga mutlaqo begona hisoblanasiz. U kishiga qayta nikohlanib turmushga chiqishingiz halol emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:26 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar