Porami?
Assalamu alaykum! Shayx hazratlari, ALLOH umringizni uzoq qilib, xalqimiz uchun qilayotgan xizmatlingizga ROZI bo‘lsin! Hazrat, odatda savol beravermasdim, chunki, siz xalqimizga taqdim qilayotgan kitoblardan har qanday savollarga javob olish mumkin. Buning uchun bir kunlik tushligi uchun ketadigan pulga kitob xarid qilinsa kifoya. Boz ustiga, savollar.islom.uz saytida ham istagan savolga javob olsa bo‘ladi. Lekin bundan ikki oy muqaddam hayotimda bo‘lgan voqea meni ikkilantirib qo‘ydi. Shuning uchun sizga ijozatingiz bilan savol berishga jazm qildim. O‘zim jurnalistman. Futbolga oid nashrlarning birida ishliman. Oldin ham sizga savol berganman. Ishim yuzasidan. Xullas, ikki oy muqaddam futbol klublarining birida ishlab, jamoa natija ko‘rsata olmagani uchun ishdan bo‘shagan murabbiy bilan intervyu uyushtirdim. (Aniqrog‘i, o‘zi meni uchrashuvga taklif qildi, u bilan tanishligim uchun). U inson suhbat davomida ishdan bo‘shashiga asosiy aybdor, klub vise-prezidentiligini aytib o‘tdi. Aniqrog‘i, oylik maosh berilmagan ekan. Rosti, anchadan beri futbol gazetalarimizda bunday (ochiq-oydin gaplar) intervyu chiqmagani uchun ancha shov-shuv bo‘ldi. Intervyu gazetada chiqgach klub vise-prezidenti mani jamoa bazasiga taklif qildi. U erga borganimda sobiq bosh murabbiyning gaplarini rad qiluvchi qonuniy hujjatlarni ko‘rsatdi. Qisqasi, safar davomida barcha ko‘rganlarimni yozdim. Menga vise-prezident tomonidan hech qanday bosim bo‘lmadi. Uni yoz, buni yozma deb buyruq bergani yo‘q. Faqat ko‘rganizzi yozing deb iltimos qildi. (Agar meni aldagan bo‘sa ham, uni tergov qilishga haqqim yo‘q. Chunki, men jurnalistmanm tergovchi emas. Hujjatlarni soxta yoki haqiqiyligini mas‘ul-rasmiy shaxslar tekshiradi). Shu tariqa safar taassurotlarini jamlagan maqola gazetada chiqdi. Keyin yana boshim muammodan chiqmay qoldi. Ular sizni aldashgan deb boshimni og‘ritib tashlashdi. Eng katta aybim, safarga borib kelishim haqqini klub berdi. Men so‘raganim yo‘q. (Zarafshonga borgandim). Lekin meni boshqa narsa o‘ylantirmoqda. Toshkentga qaytayotganimda klub vise-prezidenti qo‘limga pul tutqazdi. Nimaga desam? Vaqt ajratib kelganiz uchun dedi. (Zarafshonda ikki kun qolib ketgandim). Yoqorida aytganimdek, vise-prezident menga hech qanday bosim o‘tqazgani yo‘q. Avvaliga unamadim, ammo oldim. Keyin bu poramasmikan? deb o‘ylab qoldim. Fikrimcha, vaziyatni aniq tushuntirdim. Shunga oydinlik kiritib bersangiz. Keyin gazetada chop etilgan intervyu va safar taassurotlarini ham sizga taqdim qilishim mumkin. O‘sha intervyu va maqolalarga bir marta ko‘z yugurtirsangiz, vaziyat yanada aniqlashadi.Javobingizni kutib qolaman! ALLOH hammamizni hidoyatidan AYIRMASIN! So’zim oxirida iltimosim, bir haqqimga DUO qilib qo’ying. Ramazondan keyin uylanishim kerak, lekin risoladagidek kiyingan, to’yning barcha shartlariga ko’nadigan qizni topish mushkul bo’lyapti. DUO qiling ustoz, ALLOH hammamizning mushkulimizni oson qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Kambag‘al odamga berib yuboring. O‘zingiz istig‘for aytib, bu kabi ishni takrorlamang.
4 May 2022, 05:31 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Kambag‘al odamga berib yuboring. O‘zingiz istig‘for aytib, bu kabi ishni takrorlamang.
4 May 2022, 05:31 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat