G‘aflat
Assalomu alaykum! Ustozlar g‘aflat so‘zini tushuntirib bersangizlar. Alloh bu qilayotgan ishlaringgizni bardavom qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! G‘aflat so‘zi arab tilidagi g‘ofala-yag‘fulu fe’lidan olingan bo‘lib, bir necha ma’nolarni ifoda qiladi. Ular uxladi, berkitdi, xotirasi yaxshi bo‘lmaganidan unutdi, beparvo tashlab qo‘ydi ma’nolarini ifoda qiladi. G‘ofil – deb, yaxshiligidan uimd qilinmaydigan, yomonligidan qo‘rqilinmaydigan, kishilarning orasida obro‘si yo‘q, tajribasiz va ziyrak bo‘lmagan kishilarga aytiladi. Yomg‘ir yog‘maydigan joyga ham g‘ufl deyiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:23 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar