Nasiya savdoda pulini to‘lay olmasa
Assalomu alaykum! Nasiya savdo to‘g‘risidagi savol javoblarni savollar.uz saytingizda qidirdim, ammo kerakli javobni topa olmadim, shunga sizga ushbu savolimni jo‘natishimga to‘g‘ri keldi. Men bir o‘zimning nomimdagi avtoulovni, masalan, 80 000 000 so‘mga 2 yilga bir xaridorga xar oyda ma’lum bir miqdor summasini to‘lab yurib va muddati tugaguncha xamma summasini to‘liq uzish va keyin o‘sha avtoulovni uning nomiga rasmiylashtirib berish sharti bilan sotgan edim, ammo xaridor shu 2 yil ichida faqat yarim pulini to‘ladi va qolgan qismini xali xam to‘lab bermadi, chunki qolgan qismiga to‘lashga sharoiti yo‘qligini aytdi. Men unga avtoulovni qaytarib ber, uni boshqa xaridorga sotib, sen bergan yarim pulingni qaytarib beraman dedim va u shunga rozi bo‘ldi. U avtoulovni menga qaytarib berdi, ammo u avtoulovni juda xam yomon axvolga solgan va undan tashqari avtoulovni kreditga zalog sifatida qo‘ygan va shu sababli, avtoulov sotilishiga taqiq qo‘yilgan. Men avtoulovni taqiqdan chiqarib berishni so‘radim va u chiqarib beraman deb, mana 4-5 oydan beri aldab yuribdi. Men boshqa xaridor topdim, unga avtoulovni tezroq taqiqdan chiqarib berishim kerak. Xozir endi, boshqa xaridor chiqqanida, eski xaridor rozi bo‘lmayapti, unga avtoulovni qaytarib berishni va qolgan pulini xam bir oydan keyin berishini aytdi. Ammo uning yolg‘onlaridan keyin unga ishonchim qolmadi, shunga, sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan savollarim: Men ushbu avtoulovni boshqa odamga sotsam bo‘ladimi? (menga xozir pul juda xam zarur, chunki mening xam qarzlarim bor, ularni to‘lashim kerak, agar avtoulovni oldingi xaridorga qaytarib bersam, u pulini yana aldab cho‘zib yuradi deb o‘ylayman). Umuman nasiyaga sotilgan (agar pulini to‘liq bermagan bo‘lsa) kimning xaqqi xisoblanadi: sotuvchinikimi yoki xaridornikimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sotib haqqingizni olib qolganini qaytarib berishingiz kerak. Kelishilingan pul sotuvchiniki, mashina esa xaridorniki bo‘ladi. Majburlattirib sottirib haqqingizni olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sotib haqqingizni olib qolganini qaytarib berishingiz kerak. Kelishilingan pul sotuvchiniki, mashina esa xaridorniki bo‘ladi. Majburlattirib sottirib haqqingizni olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat